TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Isroillik Instagram foydalanuvchisi Ilya Savelyev o‘z sahifasida Timati bilan bo‘lgan suhbatni chop etdi. Unda taniqli reper va shoumen Timati (Timur Yunusov), Isroillik bolaga agar 100 mingta “layk” uchun 50 ming $ berishga va’da bergan.
Ushbu suhbatdan keyin bor yo‘g‘i 12 soat o‘tib ushbu xabar allaqaochon 54 mingta “layk” olgan. Bu borada, haqiqatdan ham internet mo‘’jizalar yaratmoqda desak adashmaymiz.
Ilya Savelyevning so‘zlariga qaraganda u Isroilda yashaydi, ushbu mablag‘ unga “yuz foiz muvaffaqiyatli” biznesni boshlash uchun kerak.
Timati uning iltimosiga javoban: “Odatda bunday iltimoslar bilan menga murojaat qilganlarga “qattiqroq ishlashni” maslahat beraman, lekin bugun kayfiyatim yaxshi. Agar ushbu xabarni chop etib 100 mingta “layk” olsang, senga yordam berishga So‘z beraman. Men o‘zim sen bilan aloqaga chiqaman”, — degan.
Reper o‘z sahifasida ushbu xabarga hozircha izoh bergani yo‘q.