Moskva qamoqxonalarida mahbuslar nima sababdan vafot etmoqda ?

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishUmumiy rejim koloniyasi.
Umumiy rejim koloniyasi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskva vaqtinchalik saqlash hibsxonalarida mahbuslar soni ortganiga qaramay, o‘lish holatlari ko‘paymagan.

Toshkent, 2 fev — Sputnik. Moskvaning vaqtinchalik saqlash hibsxonalarida(SIZO) 2015-yilda 26 kishi olamdan o‘tdi, o‘tgan yilgi ko‘rsatikichlar ham xuddi shunchani tashkil qilgan edi, xabar qildi seshanba kuni jurnalistlarga Moskva shahrida jazoni ijro etish federal xizmati rahbari Igor Klimenov, RIA Novosti xabariga ko‘ra.

Klimenovning so‘zlariga qaraganda, poytaxt izolyatorlarida mahbuslar soni ortganiga qaramay, o‘lim holati 2014-yilgi kabi qolmoqda.

"Vaqtinchalik saqlash hibsxonamizda 2015-yilda xuddi bir yil oldin kabi 26 nafar mahbus olamdan o‘tdi. Shulardan 12 nafari turli kasalliklar tufayli, 7 kishi o‘z joniga qasd qilish tufayli, yana yetti kishi zaharlanish va turli jarohatlar tufayli olamdan o‘tdi”, — dedi Klimenov.

Klimenov keltirgan ma’lumotlarga qaraganda, 2015-yilda SIZOdagi mahbuslar umumiy soni 10921 nafarni tashkil qilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0