TOShKENT, 2 fev – Sputnik. O‘zbekistonda so‘nggi 5-yil davomida, homilador ayollar orasida o‘lim soni 18% ga kamaydi, deb xabar bermoqda respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi.
“Amalga oshirilgan chorlar natijasida oxirgi 5-yil davomida onalar o‘limi 100 ming tug‘ilgan chaqaloq hisobiga 23,1 kishidan 19 kishigacha kamaydi”, — deyilgan Sog‘liqni saqlash vazirligi tarqatgan ma’lumotda. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, onalar o‘limining asosiy sabalari bu quyidagiladir: tug‘ish vaqtida ko‘p qon yo‘qotish(45%), yuqumli kasalliklar (12%) va kech toksikozlar (5%).
“Onalar o‘limining kamayish sabalari bu kasalxonalarning material va texnik jihozlanishining yaxshilanishi hamda perinatal xizmatlarning ommaviylashishi”, - demoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.
2016 yil O‘zbekistonda, prezident Islom Karimov tashabbusi bilan “Sog‘lom ona va sog‘lom bola yili” deb e’lon qilingan. Mamlakat hukumatiga turli manbaalar hisobiga kerakli dasturlar ishlab chiqarish vazifasi topshirilgan. Ushbu dastur evaziga perinatal va skrining markazlarning moddiy-texnik jihozlanishini yaxshilash va ushbu sohada tibbiy xizmatlar ko‘rsatish darajasini oshirishdir.