Qobuldagi teraktda 10 kishi qurbon bo‘ldi va 20 kishi yaralandi

© RIA Novosti Daniil KolodinPosledstviya vzriva. Afganistan
Posledstviya vzriva. Afganistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirga qadar ushbu terakt uchun javobgarlikni hech kim o‘z bo‘yniga olmagan.

TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Qobul parlamenti yaqinida sodir bo‘lgan teraktda jarohatlanglar soni 20 kishiga yetdi, RIA Novosti Afg‘oniston Ichki Ishlar vaziri o‘rinbosari Maxammad Ayub Salangi o‘zining Twitterda tarqatgan xabariga asosan.

Oldin bir qurbon va besh jarohatlanganlar haqida xabar tarqatilgan edi.

“Oldin xabar berilganidek, Qobuldagi De Mazan maydonida xudkush-terrorchi tomonidan uyushtirilgan hujumda 10 kishi qurbon bo‘ldi va 20 kishi jarohatlandi”, — deb xabar bermoqda Maxammad Ayub Salangi o‘zining mikroblogida, Frans Press xabariga asosan.

Hozirga qadar ushbu terakt uchun javobgarlikni hech kim o‘z bo‘yniga olmagan.  Baxtsiz hodisaning qolgan tafsilotlari hozircha noma’lum.

Yangiliklar lentasi
0