“Suyukli bobojonimga”: Islom Karimov nabirasidan guldasta oldi

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka o‘tishO‘zbekiston prezidenti Islom Karimov
O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Lola Karimova o‘zining Instagramida Islom Karimov nabirasidan guldasta olayotgan suratini joylashtirdi.

TOShKENT, 1 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov bir necha kun oldin 78 yoshga to‘lgan edi. Ushbu kunda ko‘pchillik prezidentga samimiy tabriklar yo‘lladi, albatta, lekin bunday kunda o‘zining suyukli nabirasidan chiroyli guldasta olish – bu ajoyib.   

Lola Karimova Instagram da ushbu baxt va samimiylikka to‘la voqeaning suratini joylashtirdi.

“Ushbu quyoshli qish kunida, suyukli bobobjonimga eng ezgu va samimiy tilaklar”, — deb izoh berilgan suratga.   

O‘zbekiston prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov 1938-yilda, Samarqandda davlat xizmatchisi oilasida tug‘ildi. Mustaqillikka erishilganidan keyin Islom Karimov umumxalq saylovi natijasida O‘zbekiston prezidenti etib saylandi. Keyingi yillar davomida Islom Karimovning prezidentlik muddati, O‘zbekiston konsitutsiyasi asosida, uzaytirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 78 yoshda

Islom Karimov, mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, O‘zbekistonni alohida, boshqalarga o‘xshamagan, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy yo‘lga boshqardi. Hozirgi kunga kelib Respublika aholisi va xalqaro hamjamiyat O‘zbekistonning “o‘ziga xos rivojlanish yo‘li” boshidanoq to‘g‘ri tanlanganini va bugungi kunda iqtisodda, siyosatda va jamiyatning ma’naviy yetuklik darajasida sezilarli yutuqlarga erishliganini e’tirof etmoqda.  

Yangiliklar lentasi
0