Damashqdagi terakt qurbonlari soni 76 kishiga yetdi

© Sputnik / Mixail Alayeddin / Mediabankka o‘tishDamashqdagi terakt oqibatlari
Damashqdagi terakt oqibatlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
«Al-Jazira” telekanali xabariga ko‘ra, ushbu terakt uchun javobgarlikni “Islom davlati” o‘z zimmasiga olgan.

 

TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Yakshanba kuni Damashqda birin ketin sodir bo‘lgan uch terakt qurbonlari soni  76 kishiga yetdi, jarohatlanganlar soni 110 kishini tashkil qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti CCTV telekanali xabariga asosan.

Damashqning shiya musulmonlari yashaydigan “Saida Zaynab” mavzeida yakshanba kuni birin-ketin uch terakt sodir bo‘ldi. Portlovchi moslamalardan biri  avtomobilga o‘rnatilgan bo‘lib u masofadan turib portlatib yuborilgan, shu vaqtning o‘zida yana bir xudkush-terrrorchi  o‘zini yo‘nalishli avtobus ichida portlatib yubordi, bir necha daqiqadan so‘ng boshqa terrorchi o‘zini odamlar orasida portlatib yuborgan.

«Al-Jazira» telekanali xabariga ko‘ra, ushbu terakt uchun javobgarlikni “Islom davlati” o‘z zimmasiga olgan.

Suriya TIV yakshanba kuni BMTga yuborgan murojaatnomasida, Damashqdagi ushbu teraktlar Jenevada Suriyada tinchlik o‘rnatish borasida boshlanishi kerak bo‘lgan muzokaralarni buzishga qaratilgan hatti-harakat deyilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0