Dog‘istonda 40dan ortiq ekstremistik saytlar yopib tashlandi

© Collage: Jeshu John\ SputnikInternet tarmog‘idagi sayt.
Internet tarmog‘idagi sayt. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2015 yilning iyul oyidan dekabrgacha bo‘lgan muddat ichida internetda ekstremizm xususiyatiga ega 100ga yaqin resurslar aniqlandi, deb ta’kidladi Dog‘iston respublikasi Matbuot vazirligi rahbari Aznaur Ajiyev.

TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Olti oy muddat ichida Dog‘istonda 100ga yaqin ekstremistik saytlar aniqlandi, shulardan 40tasi yopib tashlandi, deb ta’kidladi Maxachkalada o‘tkazilgan majlis davomida respublika Matbuot vaziri Aznaur Ajiyev, RIA Novosti xabari asosida.

"2015 yilning iyulidan dekabr oyiga qadar internet tarmoqlarida terrorizm xususiyatiga ega 100ga yaqin resurslar aniqlandi; 2016-yil yanvar oyi yakuniga qadar ulardan 40 tasi yopib tashlandi”, — dedi Ajiyev.

Yangiliklar lentasi
0