18 yanvar kuni Moskvadagi Markaziy Kino uyida SSSR xalq artisti, kinorejsser Shuxrat Abbosovning 85-yilligiga bag‘ishlangan yubiley kecha bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Rossiya Kinematografchilar Uyushmasi, Rossiya Filmlar fondi, Kino akterlari gildiyasi va UzTvRus tomonidan tashkil qilingan. Kechada Rossiya taniqli madaniyat va shou biznes arboblari xizmat ko‘rsatgan rejisserni sahnadan turib tabriklashadi.
Kech soat 7da Moskva Kino uyi foyesida odam gavjum edi. Mehmonlar orasida ko‘plab tanish chehralarni ko‘rish mumkin edi. Shuxrat Abbosovni tabriklash uchun Uzbekiston, Tojikiston, Ozarbayjon diplomatlari kelishgan. Sahnada milliy raqslar, yumoreska va hikoyalar ijno etildi. Xonanda Aziza o‘zining yangi qo‘shig‘ini ijro etdi.
Lekin tadbirning asosiy qahramoni Shuhrat Solihovichning o‘zi bo‘ldi. Shuhrat aka tengi yo‘q hikoyachi ekan: kecha davomida u kishi o‘z hikoyalari bilan barchaning diqqatini jamlab, birgalikda qayg‘urishga yoki qahqaha urib kulishga majbur qildi.
Sovet o‘zbek kinorejisseri, ssenariy muallifi, pedagog, O‘zbekiston SSR Xalq artisti, SSSR Xalq artisti, Shuhrat Abbosov 1931-yil 16-yanvarda Qo‘qonda tug‘ilgan. Shuhrat Abbosovning "Mahallada duv-duv gap", "Toshkent — non shahri", "Sen yetim emassan" O‘zbekistonda va butun sovet ittifoqi hududida barchaga yaxshi tanish.
Hozirgi kunda Shuhrat Abbosov O‘zbekiston Davlat San’at va Madaniyat institutida dars berib kelmoqda.