Toshkent hayvonot bog‘iga noyob hayvonlar keltirildi

© Lev Ustinov / Mediabankka o‘tishQo‘riqxonadagi tog‘ echkisi.
Qo‘riqxonadagi tog‘ echkisi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buxorodagi qo‘riqxonadan Toshkent hayvonot bog‘iga qirilib ketish yoqasida turgan qulonlar, Prjevalskiy otlari, Buxoro tog‘ echkilari va jayronlar olib kelindi.

TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Toshkent hayvonot bog‘iga yangi jonivorlar olib kelindi. Bular mahalliy fauna vakillari: qulonlar, Prjevalskiy otlari, Buxoro tog‘ echkilari va jayronlardir, xabar qilinadi hayvonot bog‘i saytida.

O‘tmishda bu jonivorlar O‘zbekiston hududida yovvoyi tabiat qo‘ynida yashagan. Ayni vaqtda ular soni haddan ziyod qisqarib ketgan. Jonivorlar qirilib ketish xavfi yoqasiga kelib qolgan. Bu turdagi jonivorlar hozirda Buxorodagi qo‘riqxonada maxsus ko‘paytirilmoqda.

“Parvarish va himoyaga muhtoj bu hayvonlar yangi shart-sharoitga ko‘nikib ketishiga umid qilamiz. Bu nodir jonivorlar kishilarni bee’tibor qoldirmaydi, deb o‘ylaymiz”, — deyiladi xabarda.

Toshkent hayvonot bog‘i 1924-yil Turkiston general-gubernatori yozgi qarorgohi hududida kichik hayvonot bog‘i o‘rnida barpo qilingan. Yangi hayvonot bog‘i 22,7 gektar maydonga ega hududni egallagan. Ayni vaqtda hayvonot bog‘ida uch mingdan ziyod turdagi hayvonlar va 415 turdagi qushlar parvarish qilinadi.

 

Yangiliklar lentasi
0