TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Rossiyaning Su-27 qiruvchi samolyoti 25-yanvar kuni Qora dengiz ustida uchayotgan amerikaning razvedkachi samolyotiga yaqinlashgan, dedi Pentagonning rasmiy vakili Mishel Baldansa, RIA Novosti, Fox News xabariga asosan.
Baldansning so‘zlariga qaraganda rossiyaning qiruvchi samolyoti “neprofessional va xavfli tarzda harakat qilgan”.
“AQShning RC-135U samolyoti Qora dengi ustida, xalqaro hududda odatiy parvoz amalga oshirayotgan vaqtda, rossiyaning Su-27 samolyoti neprofessional va xavfli tarzda uning yo‘lini kesib chiqqan. Biz ushbu hodisa tafsilotlarini o‘rganayapmiz”, — dedi AQSh mudofaa vazirligi vakili.
Washington Free Beacon nashri vakillari xabariga ko‘ra, Su-27 AQShning radioelektron razvedka samolyotiga yaqin uchgan keyin esa “xavfli viraj” qilib boshqa tomonga uchib ketgan. Masofa shunchalik yaqin bo‘lganki, qiruvchi samolyotning reaktiv oqimi turtkisidan (AQSh samolyoti – red.) “boshqaruvni yo‘qotgan”. Nashrning fikriga ko‘ra, hodisa Rosssiyaning “har qanday hududidan” uzoqda yuz bergan.
RC-135U samolyoti bu Boeing-707 ning maxsus turi bo‘lib u bir necha xil razvedka ma’lumotlari to‘plashga moslashtirilgan: foto ma’lumotlar, yadroviy monitoring, elektron va radiolokatsion shpionaj. Quyida samolyot tashqi ko‘rinishi va ichki ko‘rinishi suratlari. Suratda samolyot ichida joylashgan radioelektron razvedka mutaxassislari o‘rni.
Eslatib o‘tamiz ushbu turdagi samolyotlar bundan oldin ham bir necha bor Rossiya chegarasiga juda yaqin kelgish holatlari bo‘lgan. Utgan yilning 7-aprelida RC-135U samolyoti Boltiq dengizi ustidan uchib o‘tib Rossiya chegarasiga qarab yo‘l olgan. Navbatchi Su-27 samolyoti unga yaqin kelib atrofidan bir necha marta aylanib uchganidan keyin u parvoz yo‘nalishini o‘zgartirgan edi. O‘shanda ham Pentagon vakillari aynan shu iborani ishlatib – “neprofessional va xavfli tarzda” yaqinlashdi deyishgan edi.
Qizig‘i shundaki, AQShning eng zamonaviy razvedka uskunalari bilan jihozlangan samolyoti Rossiya chegarasiga yaqin masofada qanday maqsadda uchgan ekan-a? Hoynahoy, baliqlar hayotini kuzatish uchun bo‘lmasa kerak.