TOShKENT, 28 yanv – Sputnik. Moskvadagi AQSh elchixonasi qarshisida joylashgan ko‘pqavatli uyga prezident Barak Obama surati tushirilgan ulkan plakat osildi. Plakatda "Obama killer №1" (Obama — №1 qotil — tahr.) degan so‘zlar keltirilgan, xabar qiladi RIA Novosti. Ushbu aksiya “Glavplakat” art-jamiyati tomonidan o‘tkazilganligi ma’lum. Banner "AQSh hukumatining navbatdagi bor chet el hududiga o‘z harbiylarini kiritishi rejasiga” bag‘ishlanganligi ta’kidlanmoqda.
Ya’ni, Obamaning 101-havo-desantchilari diviziyasini Suriya hududiga kiritmoqchi bo‘layotgani “Glavplakat” art-jamiyati a’zolari noroziligini uyg‘otgan.
O‘z navbatida AQSh rasmiy vakillari ushbu bannerga nisbatan salbiy fikrda ekanliklarini ma’lum qilishdi. "To‘g‘ri, so‘z erkinligi degan tushuncha mavjud, biz buni tan olamiz. Ammo bizning prezidentga bunday xarakteristika berilishiga keskin qarshimiz", — deb ta’kidlashdi amerikalik rasmiylar.