OAV: Su-24 uchuvchisining taxminiy qotili Istambulda o‘tgan dafn marosimida ko‘rinish berdi

Obuna bo‘lish
Turkiyaning Hurriyet nashri xabariga ko‘ra, Su-24 samolyoti uchuvchisi Oleg Peshkov qotili, turk millatiga mansub Alparslon Chelik yana Suriyaga qaytishni rejalashtirayotgani haqida ma’lum qilgan.

TOShKENT, 28 yanv – Sputnik.  Bundan bir muddat oldin Rossiya bombardimonchi samolyoti — Su-24 uchuvchisi o‘limida o‘z ishtirokini tan olgan Turkiya fuqarosi Alparslon Chelik chorshanba kuni Istambulda o‘tgan dafn marosimida ko‘rinish bergan. Marhum — Ibrohim Kuchuk Rossiya Harbiy Kosmik kuchlari tomonidan Suriyada o‘tkazilgan maxsus operatsiya vaqtida halok bo‘lgan, xabar qiladi RIA Novosti Hurriyet nashriga tayangan holda.

Putin Turkiyaning Rossiyaga qarashli Su-24 samolyotini urib tushirishini katta xato, deb hisoblaydi - Sputnik O‘zbekiston
Putin: “Ular nega bunday qilishganini faqat Olloh biladi”

Bundan sal oldin Rossiya TIV Turkiya hukumatidan rus uchuvchisi Oleg Peshkov o‘limida aybdor bo‘lgan hamda qurollangan uyushmalar tomonida turib, chet elda harbiy harakatlarni amalga oshirayotgan Chelik va uning maslakdoshlarini qo‘lga olishda zudlik bilan chora ko‘rishni talab qilgan edi.

Nashrda yozilishicha, Chelik o‘z og‘zi bilan tez oradan yana Suriyaga qaytishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Su-24 uchuvchisi samolyot halokatga uchragach, Oleg Peshkov katapulta yordamida parashutdan sakragan vaqtida Suriya turkmanlari nazoratidagi hududdan o‘qqa tutilgan. Uchuvchiga vafotidan keyin “Rossiya Qahramoni” unvoni berilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0