TOShKENT, 28 yanv – Sputnik. Olma-Ota(Qozog‘iston)da yo‘qolgan, deb e’lon qilingan vertolot qoldiqlari topildi. Yo‘qolgan vertolot bortida bo‘lgan yo‘lovchilarning barchasi halok bo‘lgan, xabar qiladi Qozog‘iston IIV favqulodda holatlar Qo‘mitasi rasmiy vakili Ruslan Imonqulov.
Favqulodda holatlar bo‘yicha regional departament ishonch telefoni operatorining xabariga ko‘ra, yo‘qolgan vertolot qoldiqlari payshanba kuni aniqlangan.
"Vertolotni qidirish ishlariga safarbar qilingan shtab xabariga ko‘ra, bugun Kapal aholi punktiga yaqin g‘or atrofida vertolot qoldiqlari aniqlangan. Bortdagi yo‘lovchilarning hammasi halok bo‘lishgan”, — xabar qildi payshanba kuni Imonqulov.
Imonqulov bergan xabarlarga ko‘ra, vertolot halokati yuzasidan hozirda operativ tergov tadbirlari olib borilmoqda. Hodisa yuz bergan joyga Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Vladimir Bojko uchib ketgan.
Eslatib o‘tamiz: 27-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan 15:45da qutqaruvchilarga Olma-Ota viloyatidan Taldiqo‘rg‘on shahri tomon yo‘l olgan UP-MD 600-N fuqaro vertoloti g‘oyib bo‘lgani haqida xabar qilingan edi. Qidiruv ishlariga 500 kishi va 70 ta texnika jalb qilindi. Vertolot bortida besh kishi bo‘lgan: uchuvchi, ikki shifokor hamda bemor bola va uning onasi. Bortda bo‘lganlarning hammasi halok bo‘lishgan.