O‘zbekistonda 1-martdan boshlab YHQning yangi talqini kuchga kiradi. Unga 15ta asosiy o‘zgarishlar kiritilgan.
Yangi YHQga binoan bundan buyon yo‘l harakati qoidalari nafaqat transport vositalari haydovchilari balki yo‘lovchilar va piyodalarning ham majburiyatlari belgilangan. Yangi YHQ zamonning dolzarb talablari, texnika taraqqiyotini va ushbu sohada dunyo tajribasini hisobga olgan.
Bundan buyon haydovchilar transport vositasida tibbiy aptechka va to‘xtov belgisidan tashqari nur qaytaruvchi nimcha ham bo‘lishi kerak. Ushbu nimchani haydovchi qorong‘u paytda transport vositasini yo‘l chetida to‘xtatib ta’mirlash vaqtida kiyishi shart.
Piyodalar uchun esa, yo‘l yoqasida hirakatlanganda, piyodalar o‘tish joyidan yurganda telefon, planshetdan foydalanish, kitob o‘qish va boshqa diqqatni tortuvchi boshqa narsalardan foydalanish ta’qiqlanadi.
YHQga kiritilgan barcha o‘zgarishlar bilan infografikamizda batafsil tanishing. Rus tilidagi naqli bu yerda.