Markaziy banki qayta moliyalash stavkasini 9% darajasida qoldiradi

© Baxodir MamadjanovO‘zbekiston Markaziy Banki
O‘zbekiston Markaziy Banki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu qaror 2016-yilda moliyaviy siyosatning yo‘nalishlari va kutilayotgan inflyatsiya darajasiga qarab qabul qilingan.

TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki seshanba kuni 2016-yilda qayta moliyalash stavkasini 9% darajasida qoldirishga qaror qidi, MB matbuot xizmati xabariga ko‘ra.  

“Markaziy bank boshqarmasi qayta moliyalash stavkasini 9% darajasida saqlab qolishga qaror qildi”, — deyilgan xabarda.

Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu qaror 2016-yilda moliyaviy siyosatning yo‘nalishlari va kutilayotgan inflyatsiya darajasiga qarab qabul qilingan.

2015 yil yanvarida belgilangan 9% qayta moliyalash stavkasi o‘tgan yili Respublikada inflyatsiya darajisni  5,6 % da ushlab turishga sabab bo‘ldi. 2014-yilda qayta moliyalash stavkasi 10 % bo‘lib inflyatsiya — 6,1% ni tashkil qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0