TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. “Toshkent-4” yangi xalqaro aeroport terminali loyihasining texnik-iqtisodiy asosini Janubiy Koreyaning “Inchen” aeroporti boshqaruvchi koncorsiumi ishlab chiqadi, deb xabar bermoqda Koreya Xalqaro Hamkorlik agentligi (KOICA).
Agentlik vakili so‘zlariga qaraganda, konsorsium tarkibiga “Inchen”dan tashqari yana to‘rt koreya korxonasi kirgan. Ular orasida Koreya transport instituti ham bor.
“Janubiy Koreya tomoni loyihaning texnik – iqtisodiy hujjatlarini 2016-iyuniga qadar yakunlaydi va undan keyin aeroportni boshqarish master-planini amalga oshirishni boshlaydi”, — dedi suhbatdosh.
Toshkent aeroportining yangi terminali qurilishida va uning samarali ishlashida, dunyoda eng yaxshi aeroportlardan biri hisoblangan, “Inchen” aeroportini ko‘p yillar davomida boshqarish tajribasidan to‘plangan “nou-xau”lardan foydalanamiz, dedi Kim Dong Chel, “Inchen” aeroporti boshqaruvchisi.
O‘zbekiston rasmiylari tarqatgan ma’lumotga qara, aeroport yangi terminalining umumiy qiymati 312 mln $ bo‘lib u 2018 yil oxirigacha qurib bitkazilishi kerak. Ushbu mablag‘ning asosiy qismi, 300 mln $ bu chet el, asosan Janubiy Koreya sarmoyalari va kreditlaridir. Yangi terminal soatga 1,5 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi mumkin.
“Toshkent” aeroporti yiliga 3 mlndan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rastadi. Uning o‘tkazish qobiliyati — soatiga 1300 kishi. Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) standarti bo‘yicha “Toshkent” aeroporti Ikkinchi kategoriyaga tegishli bo‘lib, u barcha havo kema turlarini qabul qilishi mumkin.