Toshkentda velosiped yo‘laklari paydo bo‘ladi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishVelosiped yo‘lagi
Velosiped yo‘lagi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
YHX Bosh boshqarmasi Toshkent tuman hokimiyatlariga ushbu taklifni yo‘naltirgan. Loyihani moliyalashtirish IIV YHX Bosh boshqarmasi hisobidan olib boriladi. Rasmiy shaxsning so‘zlariga qaraganda loyhani moliyalash muammo bo‘lmaydi.

TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Toshkent ko‘chalarida yaqin kunlar ichida velosiped yo‘laklari paydo bo‘ladi, deb xabar bermoqda  Uzbekistan Today, IIV YHX Bosh boshqarmasi vakili xabariga asosan.

YHX Bosh boshqarmasi Toshkent tuman hokimiyatlariga ushbu taklifni yo‘naltirgan. Loyihani moliyalashtirish IIV YHX Bosh boshqarmasi hisobidan olib boriladi. Rasmiy shaxsning so‘zlariga qaraganda loyhani moliyalash muammo bo‘lmaydi.

“Velosipedchilar piyodalar va avtomobilchilar qatorida yo‘l harakati qatnashchilaridir. Shuning uchun ham biz shunday taklif bilan chiqdik. Hozir hokimiyatlar loyiha institutlari bilan birgalikda, rivojlangan mamlakatlarning ushbu sohadagi tajribasini o‘rganib chiqmoqda”, — dedi muassasa vakili.

Velosiped yo‘laklari O‘zbekistonning boshqa shaharlarida ham paydo bo‘lishi mumkin. Ularning paydo bo‘lishi aniq sanasi e’lon qilingani yo‘q.

 

Yangiliklar lentasi
0