Saudiya qirolining 700 mln $ ehsoni prokuror tekshiruvga sabab bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Malayziya bosh vaziri hisobidagi 681 mln dollarni mamlkat bosh prokuror Saudiya Arabistoni qiroli sovg‘asi deb tan oldi.

TOShKENT,  26 yanv — Sputnik. Malayziya bosh prokurori Moxamed Apandi Ali mamlakat bosh vaziri Najib Razakning shaxsiy hisobidagi katta mablag‘ni (681 mln $) Saudiya Arabistoni qiroli oilasi sovg‘asi sifatida tan oldi, RIA Novosti Reyter xabari asosida.

O‘tgan yilning iyul oyida, Najib Razak o‘zining shaxsiy hisobiga 700 mln dollar olgani ma’lum bo‘ldi. O‘shanda bosh vazir poraxo‘rlikda ayblangan edi. Razak bo‘lsa, ushbu mablag‘ Yaqin Sharq mamlakatlaridan xayr-ehson deb tushuntirgandi.  

“Men ushbu ish vaziyatlari bilan qoniqdim. Ushbu mablag‘ pora emasligi ma’lum bo‘ldi. Bunday saxovatli xayr-ehson sabablarini aniqlashtirishga ehtiyoj yo‘q, chunki bu Saudiya qiroli oilasining shaxsiy ishi”, — dedi mamlakat prokurori Ali Apandi.

Bundan tashqari, Apandining so‘zlariga qaraganda, bosh vazir Najib Razak, ehtiyoj bo‘lmagani tufayli, Saudiya qiroli oilasiga 620 million dollarni qaytarib bergan.  

OAV xabariga ko‘ra, tergov tugashi bilan, bosh prokuror Korrupsiyaga qarshi qo‘mitadan Razak ishini yopishni va bundan keyin unga qaytmaslikni so‘radi.

 

Yangiliklar lentasi
0