Toshkentda chinorlar kesilishiga qarshi murojaatnomaga 1400 dan ziyod kishi qo‘l qo‘ydi

Obuna bo‘lish
Interent foydalanuvchilari Toshkentda chinor daraxtlari kesilishiga qarshi murojaatnoma imzolashdi. Ushbu murojaatnoma Pushkin ko‘chasidagi barcha daraxtlar kesilganidan keyin paydo bo‘ldi.

TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Toshkentda chinorlar kesilishiga qarshi murojaatnomaga 1400 dan ziyod kishi qo‘l qo‘ydi. Murojaatnoma Toshkent hokimiyati tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun uni 1500 kishi imzolashi kerak.

Change.org portalida joylashtirilgan, chinorlar kesilishiga qarshi murojaatnoma Toshkent hokimi Rahmonbek Usmonov, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi Baxtiyor Abdusamatov va O‘zbekiston Ekologiya harakati rahbari Boriy Alixonov nomlariga yo‘naltirilgan.

“Hozir Toshkent  “yalang‘och” holatda, asfalt va betondan tashkil topgan cho‘lga aylandi. Chinorlar o‘rniga bizga archa va boshqi chetdan olib kelingan o‘simliklar ekishmoqda. Ular ko‘p suv talab qiladi lekin soya bermaydi. Chinorlarni yovvoyilarcha kesishni to‘xtatishingizni so‘raymiz”, — deyilgan murojaatnomada.    

Tabiatni muhofaza qilish qumitasi xabar berishiga ko‘ra, hozirgi kunda poytaxtda bir necha ko‘chalarni obodonlashtirish  va kengaytirish ishlari ketmoqda. Bahorda  kesilgan daraxtlar o‘rniga boshqalari ekiladi.

Yanvar oyida Pushkin ko‘chasidagi chinorlar kesib olindi. Poytaxtda ushbu daraxtlarni yoppasiga kesish 2009-yilda boshlandi.

Yangiliklar lentasi
0