TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Slovakiyada dushanba kuni boshlangan umummilliy ish tashlash oqibatida, 300dan ortiq maktablar yopildi, yana bir qator ta’lim maskanlari chegaralangan rejimda ishlayapti, xabar qiladi RIA Novosti.
"Hukumat o‘qituvchilar tomonidan qo‘yilgan talab – oylik maoshni 90 yevroga, ta’lim tizimi budjetini — 400 million yevroga oshirish to‘g‘risidagi talabni bajara olmasligini ta’kidlagach, 300dan ortiq maktab o‘qituvchilari dushanba kunidan boshlab noma’lum muddatga ish tashlash e’lon qilishdi”, — deyiladi xabarda.
Ish tashlash tashabbuskorlaridan biri, o‘qituvchi Branislav Kochanning so‘zlariga qaraganda, “so‘nggi 26-yil ichida ta’lim vaziri 17 ta marotaba almashgan, hukumat vakillarining hammasi ta’lim sohasi eng ustuvor masalalardan biri ekanligi haqida ko‘p va xo‘b gapirgan, ammo afsuski, bu gapligicha qolib ketmoqda”
O‘z navbatida, respublika Ta’lim vaziri Yuray Draksler yaqinda Slovakiya radiosida chiqishi vaqtida amaldagi hukumat pedagogik tarkib holatini yaxshilash uchun juda ko‘plab yaxshi ishlarni amalga oshirgani to‘g‘risida ta’kidlagan edi.
"2012 yildan beri o‘qituvchilar maoshi 22% ga oshirildi", — dedi Draksler.