TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Bugun Taniqli Sovet akteri, shoiri va qo‘shiqchisi Vladimir Semonovich Visoskiyning tug‘ilgan kuni.
Visoskiyning hayoti qisqa bo‘lsada, (42 yoshida vafot etgan) 20-asrda juda yorqin iz qoldirdi. Rossiya Jamiyat fikrini o‘rganish markazi 2010-yilda o‘tkazgan so‘rovi bo‘yicha, “20 asr daholari” ro‘yxatida Yuriy Gagarindan keyin 2-chi o‘rinni egallagan. So‘ralganlarning 98% Visoskiyni yaxshi bilishini va 70 %ga uning qo‘shiqlari yoqishini ta’kidlashgan.
Visoskiy teatr va kinoda o‘nlab rollar o‘ynagan. U Moskvadagi “teatr na Taganke” teatrida Gamlet, Galiley, Lopaxin rollarini o‘ynagan. Uning «Mesto vstrechi izmenit nelzya», «Malenkie tragedii», «Intervensiya», «Xozain taygi», «Vertikal», «Slujili dva tovarisha», «Skaz pro to, kak sar Potr arapa jenil», «Korotkie vstrechi», «Ploxoy xoroshiy chelovek» filmlarida o‘ynagan rollari har bir Sovet Ittifoqida yashagan odamga yaxshi tanish.
Visoskiy ijodining asosiy ustunlaridan biri bu — o‘zi yozgan she’rlarini gitarada ijro etish bo‘lgan. Uning qo‘shiqlari hayotiy, inson xarakterining ijobiy va salbiy tomonlari, zamonning dolzarb, ba’zan muhokama qilish ta’qiqlangan, mavzulari haqida baland ovozda kuylagan.
Qattiq senzura ostida bo‘lgan Sovet Ittifoqi fuqarolariga ushbu qo‘shiqlar xush yoqib, millionlab kishilarni Visoskiyning muxlislariga aylantirgan. Visoskiy 700 ga yaqin she’r va qo‘shiqlar yozgan.