Qirg‘iziston fuqarosi 20 ming dona shisha idishdan issiqxona qurdi

Obuna bo‘lish
Bozor-Qo‘rg‘onda istiqomat qiluvchi Aybek Haydarov ikki yil umri va yigirma ming shisha idishni g‘oyat antiqa issiqxona yaratishga sarfladi. Hozirda bu qurilma mahalliy diqqatga sazovor yodgorliklarning biriga aylangan.

Bozor-Qo‘rg‘onda istiqomat qiluvchi Aybek Haydarov ikki yil umri va yigirma ming shisha idishni g‘oyat antiqa issiqxona yaratishga sarfladi. Hozirda bu qurilma mahalliy diqqatga sazovor yodgorliklarning biriga aylangan. “Qachonlardir, shu ishni boshlaganimda, hamqishloqlarim ustimdan kulishgan edi”, — eslaydi Aybek.

Haydarovning so‘zlariga qaraganda, issiqxona hajm jihatdan unchalik katta emas – 9 metrga 6 metr. Ammo issiqlikni yaxshi saqlaydi, xabar qiladi Sputnik Qirg‘iziston.

"O‘tgan yilning fevral oyi o‘rtalarida pomidor, bodring va boshqa sabzavotlarni ekdim. Ko‘chatlarim yil davomida hosil berdi. Shisha idishlar tufayli issiqxonam juda antiqa ko‘rinishga ega, bundan tashqari, u mustahkam”, — deydi g‘urur bilan tadbirkor.

Aybekning hikoyasiga qaraganda, u avvaliga shisha idishlarni ko‘chalardan yig‘gan. Hamisha ham bir xildagi idishni topishning iloji bo‘lmagani uchun, keyinchalik u shisha idishlarni kafelardan sotib ola boshlagan. Issiqlik saqlanishini yanada yaxshilash maqsadida esa har bir shisha ichiga plastik paketlarni joylashtirib chiqqan.

Yangiliklar lentasi
0