O‘zbek militsioneri oilasi qotillariga 15-yildan 25-yilgacha qamoq jazosi berildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishJinoyatda gumon qilib, hibsga olinganlar.
Jinoyatda gumon qilib, hibsga olinganlar. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qotillik o‘tgan yil fevral oyida Namanganda yuz bergan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u ishdan bo‘shatilgan jinoyatchi tomonidan qasd olish maqsadida amalga oshirilgan.

TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Jinoiy ishlar bo‘yicha Namangan viloyat sudi O‘zbekiston IIV xodimi oila a’zolarini o‘ldirgan to‘rt jinoyatchini 15-yildan 25-yilgacha qamoq jazosiga hukm qildi, sud vakili xabariga ko‘ra.

Bunga qadar tarqalgan xabarlarga ko‘ra, 2015-yilning 22-fevralida Namangan viloyatidagi Norin darosida Toshkent shahar IIV jinoiy qidiruv bo‘limida faoliyat yurituvchi militsionerning onasi, rafiqasi hamda to‘rt yashar o‘g‘li tanasi aniqlangan. Jinoyatchilar faqatgina 2,5 yashar emizikli go‘dakka shafqat qilib, uni jinoyat sodir etilgan joyga yaqin bir uyning darvozasi oldiga tashlab ketishgan.

"Sud jarayoni davomida, qotillik xususiy korxonadan ishdan bo‘shatilgan shaxs tomonidan qasd olish maqsadida amalga oshirilgani aniqlandi" — xabar qildi agentlikka hamsuhbat. Fojia tergov jarayoni Namangan viloyati IIV va milliy xavfsizlik xizmati xamda Toshkent tergov guruhi tomonidan olib borilgan.

Qotillik buyurtmachisi — Azizbek Ahmedovga 20-yil, ikki ijrochi  — Ismoilov va Xusanovlarga har biriga 25-yildan, balog‘at yoshiga yetmagan Boqijonovga — 15-yil qamoq jazosi berilgan.

Yangiliklar lentasi
0