Nyu-Yorkda snoubord uchish video lavhasini youtube da 4,7 mln kishi tomosha qildi

© Youtube / CaseyNeistat Nyu Yorkda snoubord uchish
Nyu Yorkda snoubord uchish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nyu-Yorklik produser Kasey Neystat qor bilan qoplangan Nyu-York shahrida snoubord uchib uni videoga oldi.

TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Yutubda bir necha shov-shuvli filmlar produseri Nyu Yorklik produser Kasey Neystat qor bilan qoplangan Nyu-York shahrida snoubord uchib uni videoga oldi.

Nyu York markaziy ko‘chalarida avtomobilga bog‘langan ip bilan snoubobrd uchish uchun, albatta, kamdan-kam imkoniyat bo‘ladi. Birinchidan Nyu-Yorkda bunday qalin qor yog‘ishini yillab kutish kerak, ikkinchidan ushbu qalin qor tufayli ko‘chalarda avtomobil harakati to‘xtashi ham bunga imkoniyat yaratgan.

Odatda, snoubord tog‘dan yoki balandlikdan pastga qarab uchiladi, Kasey Neystat bo‘lsa g‘ildiraklariga zanjir o‘rnatilgan maxsus avtomobilga arqon bog‘lab shahar markazida uchgan.

Kutilganidek, tomoshaning oxiri politsiya xodimi bilan uchrashuv bilan yakunlangan. "Uchuvchining" necha pul jarima to‘lagani noma’lum, lekin videolavha hayratomuz chiqqan. Uoutube da joylashtirilganidan keyin 1 kun ichida uni 4,7 million odam tomosha qilib 226 ming kishi "layk" ya’ni "yoqdi" tugmasini bosgan.

Yangiliklar lentasi
0