AQShdagi qor bo‘roni 18 kishining umriga zomin bo‘ldi

© Sputnik / Denis Voroshilov / Mediabankka o‘tishVashingtondagi qor uyumlari
Vashingtondagi qor uyumlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShning sharqiy qirg‘ig‘iga kelgan siklon Vashington hududidni hamda Merilend, Virginiya, va Pensilvaniya shtatlarini qor bilan qopladi.

TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Assoshieyted Press xabariga ko‘ra, AQShda qor bo‘roni bilan bog‘liq bo‘lgan baxtsiz hodisalarda 18 kishi qurbon bo‘ldi.

Avvaliga 13ta qurbon haqida xabar berilgan edi. Shanba kuni tushdan keyin Nyu-Yorkda 3 kishi qor tozalash vaqtida xalok bo‘lgani haqida xabar keldi, yana 2 kishi Virginiyada sovuq qotish natijasida qurbon bo‘lgan. Qor bo‘roni AQShning 90 million aholisi ustiga yopirilgan. 11 shtatda favqulodda vaziyat e’lon qilingan. Vashingtonda transport harakati butunlay to‘xtab qolgan, Nyu Yorkda bo‘lsa ko‘chalarda avtomobil harakati butunlay to‘xtatilgan. Vashington, Nyu-York va Nyu Djersi shaharlari hokimiyati aholini ko‘chaga chiqmaslikka chaqirgan.

Hozirgi vaqtga kelib, ba’zi joylarda qor qalinligi 70 santimetrn tashkil qildi. 200ga yaqin uylar elektr ta’minotidan uzilib qoldi.

Yangiliklar lentasi
0