OAV: Konnektikutda maktab o‘quvchisi “Islom davlati”ga sodiq bo‘lishga qasamod qildi

Obuna bo‘lish
Amerikada har kuni ertalab maktab o‘quvchilari AQSh bayrog‘iga sodiq qolishga qasamod qiladilar. Konnektikut shtati, Ansoniya shahridagi maktab o‘quvchisi esa AQSh o‘rniga, “ID”ga sodiq bo‘lishga qasamod qildi. Bu ish hozirda AQSh Ichki havfsizlik vazirligi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Konnektikut shtati, Ansoniya shahridagi maktab o‘quvchisi AQSh o‘rniga, “Islom davlati” terrorchilik guruhiga sodiq bo‘lishga qasamod qildi, RIA Novosti Connecticut Post nashri ma’lumoti asosida.

Gap amerikaliklarning AQSh bayrog‘iga sodiq qolishga qiladigan qasamodi haqida bormoqda. Bu odat hozirgi kungacha mamlakatdagi ko‘pgina xususiy maktab va bog‘chalarda saqlanib qolgan.

Leytenant Andryu Kota bergan xabarga ko‘ra, mahalliy politsiya 15 yashar maktab o‘quvchisiga hech qanday ayblov qo‘ymagan, ammo bu ishni AQSh Ichki havfsizligi vazirligiga topshirgan. Ism-sharifi sir tutilayotgan aybdor hozircha darslardan chetlatilgan.

Fuqarolar haq-huquqi bo‘yicha advokat Jon R. Uilyamsning fikricha, bu holatga doir juda keskin munosabat bildirilgan. “Terrorchilarning maqsadi ham shu, aslida”, deb ta’kidladi u. Advokatning fikricha, bu masalani vazirlik darajasigacha olib chiqish o‘rniga, o‘quvchini direktor yoniga yo‘llab, yaxshilab tanbeh berish kerak edi, vassalom.

 

Yangiliklar lentasi
0