TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda yo‘qolib qolgan yosh yigitni qarindoshlari topildi. U tez orada ona shahri – Navoiyga yuboriladi, xabar qildi Sputnik O‘zbekiston saytiga “Yo‘qolgan bolalarni qidirish – Krasnoyarsk”guruhi volontorlaridan biri.
Ma’lum bo‘lishicha, yosh yigitni qo‘shnilari tanib qolishgan, keyin yigit ham ularni tanigan. Volontorning so‘zlariga qaraganda, yo‘qolgan yigitning ism-sharifi Kriger Denis Aleksandrovich, u Navoiy shahrida yashagan. Otasining ismi Kriger Aleksandr, onasi – Lidiya Kriger.
Shuningdek, 90-yillar oxirida Krigerlar oilasi noma’lum manzil bo‘yicha ko‘chib ketishgani ma’lum. Ota qayoqqa ketganini – hech kim bilmaydi.
Volontorlarning aytishicha, Denisda og‘ir turdagi shizofreniya qayd qilingan, u kamida 2 hafta davolanib chiqishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, yo‘qolib qolgan bu yosh yigit haqida bundan bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumotlar tarqalgan edi.