TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Eron TIV rahbari Muhammad Javad Zarif Davos iqtisodiy forumidagi chiqishi vaqtida, boshlovchining Eron va Saudiya Arabistoni o‘rtasida urush bo‘lishi mumkinmi, degan savoliga qat’iy qilib: “Urush bo‘lmaydi”, deya javob qaytardi, xabar qiladi RIA Novosti.
"Yo‘q", — deb ta’kidladi u, boshlovchining Eron va Saudiya Arabistoni o‘rtasida urush bo‘lishi mumkinmi, degan savoliga javoban.
Boshlovchi Eron Tashqi ishlar Bosh vaziriga ushbu savolni berganida, Muhammad Javad Zarif avvaliga hayron ohangda savolni takrorlab olib, so‘ngra, bunday qarama-qarshilik ro‘y berishi mumkinmasligi haqida izoh berdi. Shu bilan bir qatorda, u, Saudiya Arabistoni ham o‘z navbatida “adovat yuzaga kelishidan hech kim manfaatdor emasligini tushunishi lozimligi” haqida qo‘shimcha qildi.
Eron va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatlarda ziddiyat yuzaga kelishiga saudiyachilar tomonidan 2-yanvar kuni 47 kishi, shu jumladan, shia imomi Nimr an-Nimrning qatl etilishi sabab bo‘lgan edi. Imom qatli shia siyosatchilari va diniy arboblarini qattiq g‘azablantirdi, oqibatda, Saudiya Arabistoniga qarshi ommaviy noroziliklar boshlanib ketdi. Erondagi Saudiya Arabistoni vakolatxonalariga ommaviy hujumlar uyushtirildi. Bu voqealardan keyin Ar-Riyod Tehron bilan diplomatik aloqalarni to‘xtatganligi haqida e’lon qildi.