OAV: "Islom davlati” Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tadi

Obuna bo‘lish
The National Interest nashri yozishiga ko‘ra, Saudiya Arabistonidagi ijtimoiy va iqtisodiy muammolar, qirol oilasining zaiflashishi va yoshlar orasidagi ishsizlik ID rivojlanishi uchun qulay sharoit bo‘lishi mumkin.

TOShKENT, 21 yanv – Sputnik. Saudiya Arabistonida oxirgi yillar davomida yuzaga kelgan demografik va ijtimoiy-iqtisodiy muammolar ushbu mamlakatni hozirgi kunlarda Suriyada mag‘lubiyatga uchrayotgan “Islom davlati” jihodchilari joylashib olishi uchun qulay joyga aylantirmoqda, deb yozadi AQShning The National Interest nashri.  

"Saudiya Arabistoning 28 mln aholisining uchdan bir qismini immmigrantlar tashkil qiladi. Ular bu yerda asosiy ishchi kuchi. Aholining 70 % yoshlar va ular orsida  ishsizlik 30%ni tashkil qiladi. Saudiya Arabistoni aholisi qirol oilasi tomonidan begilangan shariat qonunlariga binoan yashaydi, lekin bunga qarshilik kuchaymoqda”, — deb yozadi nashr.

Nashr yozishicha, yoshlar orsidagi ulkan ishsizlik ularni osongina terrorchilar safiga yollash imkonini beradi.Oxirgi vaqtlarda neft daromadining keskin kamayib ketishi ham qirol oilasidan bo‘lgan norozilikni faqat oshirmoqda.

“ID mablag‘i kamayishiga va unga chet eldan bosim kuchayishiga qaramasdan, ushbu tashkilot birdaniga yo‘qolib qolmaydi. ID asosan chet ellik yollanma askarlardan tashkil topgan, shuning uchun ham u bir joyga bog‘lanib qolmagan va osongina boshqa joyga ko‘chib o‘tishi mumkin. ID ko‘chib o‘tish ehtimoli eng katta bo‘lgan mamlakatlardan biri Saudiya Arabistoni”, —  deb yozadi The National Interest.

 

Yangiliklar lentasi
0