O‘zbekiston - AQSh siyosiy muzokaralari bo‘lib o‘tdi

© MID UzbekistanaAbdulaziz Kamilov va Nisha Bisval
Abdulaziz Kamilov va Nisha Bisval - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vashingtonda O‘zbekiston - AQSh siyosiy muzokaralarining oltinchi raundi bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. 2016 yil 19-yanvar kuni Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Vashingtonda bo‘ldi, O‘zbekiston TIV xabari asosida.

Vashingtonda O‘zbekiston — AQSh siyosiy muzokaralarining oltinchi raundi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar davomida O‘zbekiston delegatsiyasi AQSh Davlat kotibining O‘rta Osiyo bo‘yicha muovini Nisha Desai Basval bilan uchrashdi. Uchrashuvda tomonlar kunning dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashishdi.

Tomonlar o‘tgan davr mobaynida mamlakatlar orasidagi hamkorlik natijalarini muhokama qilishdi. Shuningdek kelajakda turli sohalarda siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniyo-gumantar hamkorlik borasida ham muzokaralar olib borildi.

Uchrashuv davomida, hudud xavfsizligi uchun muhim rol o‘ynaydigan, Afg‘onistondagi vaziyatga alohida e’tibor qaratildi.

Eslatib o‘tamiz O‘zbekiston va AQSh siyosiy konsultatsiyalari 2009-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Muzokaralarning beshinchi raundi Toshkentda 2014-yilning dekabrida bo‘lib o‘tgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0