O‘zbekiston chempionatida mamlakatning 80dan ortiq atletlari qatnashdi. Barcha sportchilar chempionatdan oldin dastlabki ko‘rikdan o‘tishdi.
105 kglik og‘irlik toifasida Farg‘ona viloyatidan Bahriddin Ortiqov (№48) g‘olib bo‘ldi.
75 kglik og‘irlik toifada – Toshkentlik Daniil Svechnikov (№56) oltin medal sovrindori bo‘ldi.
100 kgdan yuqori vazn toifasida Surxondaryolik Ibrohim Nazarov (№54) g‘olib bo‘ldi. U 2013-yilda ham ushbu toifa g‘olibi deb topilgan edi. Ibrohimning chiqishi barchani hayratga soldi. U sahnaga o‘g‘lichasi bilan chiqdi. O‘g‘li uning harakatlarini takrorlashga urindi.
“Model-fizik” nomli ayollar orasida ochiq toifada oltin medal Chirchiqlik Diana Akramovaga (№43) tegishli bo‘ldi. Erkin dastur bo‘yicha oltin medal toshkentlik Svetlana Chernovaga (№34) nasib bo‘ldi. Ayollar orasida ochii toifada oltin medalni Toshkentlik Kristina Radchenko (№30) oldi.
100kg gacha bo‘lgan vazn toifasida Toshkentlik Pavel Umurzakov (№36) g‘olib bo‘ldi. Pavel shuningdek 2014, 2015-yillar 90kg vaznda Osiyo chempioni, 2014-yil O‘zbekiston chempioni. Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, Umurzakovning treneri – uning rafiqasi Olesya Gureyeva.
Yilning eng kutilgan voqeasi – bu absolyut birinchilik uchun kurash bo‘ldi. Barcha og‘irlik toifalaridagi sportchilar o‘rtasidagi bellashuvda, hakamlar qarori bilan O‘zbekiston mutlaq chempioni unvoni Pavel Umurzakovga berildi.