TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi tanlovi bo‘yicha 2015-yilning eng yaxshi kurashchisi unvoniga O‘zbekistonlik Davlat Abrayev sazovor bo‘ldi. Abrayev o‘tgan yili Eronda bo‘lib o‘tgan o‘ninchi jahon chempionatida, 73 kg li vaznda oltin medal sovrindori bo‘lgan edi.
O‘zbekistonlik Muratboy Dusumbetov 2015-yilning eng yaxshi treneri deb tan olindi. O‘zbekiston terma jamoasi Eronda, umumjamoa birinchiligida beshta oltin, to‘rt kumush va ikki bronza medal bilan birinchi o‘rinni egalladi.
Dunyoning eng yaxshi kurashchi ayoli deb 2015-yilda 70 kglik vaznda Afrika chempioni bo‘lgan, Janubiy Afrika respublikasi fuqarosi Galaksi Ekshon tanlandi.
Eronning Xurramobod shahrida o‘tkazilgan, kattalar orasida jahon chempionati o‘tgan yilning eng yaxshi chempionati bo‘ldi. Kurash olami uchun eng muhim voqea esa — 2018-yil Osiyo yozgi olimpiada o‘yinlari ro‘yxatiga Kurashning kiritilishi bo‘ldi.