TOShKENT, 18 yanv — Sputnik, Irina Chumakova. Buyuk Britaniya Bosh vaziri Devid Kemeron musulmon ayollari ingliz tilini qisqa vaqt isida o‘rganib olishlariga erishish uchun maxsus kampaniyani hayotga tatbiq qildi. Endilikda, til bilmaydigan musulmon ayollari oilasi bilan ajrashishi mumkin. Sababi, Britaniya hukumati bunday ayollar mamlakatdan chiqarib yuborilishi haqida e’lon qildi. Shuningdek, musulmon ayollari maktab hamda boshqa rasmiy idoralarda yuzlarini ochib yurishga majbur etiladi.
“Britaniyaga kelayotgan musulmon ayollari 2,5 yil ichida tilni o‘rganib olishlari kerak”, — dedi Bosh vazir. Ayollarning tilni qanchalik yaxshi bilishlari maxsus imtihon yordamida tekshiriladi.
“Agar tilni yod olmasangiz, Buyuk Britaniyada qolishingizga hech kim kafolat bermaydi”, — dedi Kemeron dushanba kuni.
Hukumat boshlig‘ining so‘zlariga qaraganda, til bilmagan ayollar o‘z oilalaridan ajralishlari mumkin. Farzandlar esa, onasi bilan birga deportatsiya qilinishi ehtimoli borligi ta’kidlandi.
E’lon qilingan rejaga muvofiq, Britaniyadagi musulmon ayollariga ingliz tilini o‘rgatish dasturi uchun hukumat tomonidan 20 million funt ajratilgan. Ushbu dastur doirasida imtihonlar oktabr oyida boshlanishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, rejaga muvofiq, musulmon ayollariga maktab, chegara, sud, politsiya mahkamalari, shuningdek, boshqa rasmiy idoralarda yuzni to‘liq yopiq holda tutish ta’qiqlanadi.