Tailand hukumati “chet el mafiyasi”ga urush e’lon qildi

© Sputnik / Yan Tixonov / Mediabankka o‘tishTailand tabiati.
Tailand tabiati. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tailand hukumati Samui va Pxangan orollaridagi chet el mafiyasiga qarshi urush e’lon qildi, xabar qildi dushanba kuni Tailand milliy televideniyasi efirida general-mayor Apxichat Bunsirot.

TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Tailand hukumati Samui va Pxangan orollaridagi chet el mafiyasiga qarshi urush e’lon qildi, xabar qildi dushanba kuni Tailand milliy televideniyasi efirida general-mayor Apxichat Bunsirot.

“Bosh vazir o‘rinbosari general-polkovnik Pravit Vongsuvon provinsiya gubernatori va menga Samui va Pxangan orollarini chet el mafiyasidan tozalash buyrug‘ini berdi", — deb ta’kidladi general u Uchinchi milliy telekanal efirida.

Aeroport. Samolyot. - Sputnik O‘zbekiston
Janubiy Koreyada samolyotda to‘polon ko‘targan aviayo‘lovchi 41 ming $ jarima to‘laydi

"Biz, chet el sayyohlari, otellar, restoranlar va boshqa muassasalarga xizmat ko‘rsatuvchi firmalarni yoppasiga nazoratdan o‘tkazamiz va tozalaymiz. Aynan shu firmalar, chet ellik mafiya uyushmalarining noqonuniy tijoratiga sherik ekanligi sir emas.  O‘tgan haftada Palita Lodge mehmonxonasida ro‘y bergan otishma yuzasidan ham tintuv va hibsga olish ishlarini amalga oshiramiz", — dedi u.

Palita Lodge mehmonxonasi 12-yanvar kuni tong sahar to‘pponcha yordamida o‘qqa tutilgan. Rossiyalik Sergey Milantyev va uch nafar mahalliy fuqaro hujum uyushtirganlikda ayblanib, qo‘lga olingan, — xabar qiladi mahalliy politsiya.

Politsiya fikriga ko‘ra, qo‘lga olingan jinoyatchilar ular blan mojaroga borgan mehmonxona egalarini qo‘rqitish maqsadida binoni o‘qqa tutganlar.

Pxangan va Samui orollari rossiyaliklar orasida juda mashhur. Pxangan orolida har oyda “hatti-harakatlar erkinligi” va giyohvand moddalar ochiq savdosini nazarda tutuvchi “to‘lin oy bayramlari” o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0