TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi U-23 Osiyo Chempionatida o‘zining ikkinchi o‘yinini o‘tkazdi. Guruhdagi saralov o‘yinlarining 2 turda O‘zbekiston jamoasi Iroq terma jamoasi bilan uchrashdi. O‘yin urilgan gollarga boy bo‘ldi. G‘alaba 3:2 hisobida Iroq jamoasiga tegishli bo‘ldi.
O‘zbek jamoasi o‘yinni juda muvaffaqiyatli boshladi, 1 a qiqadayoq Doston Hamdamov to‘pni raqib darvozasiga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Iroq jamoasi ham bo‘sh kelmadi, ular o‘yinning birinchi yarimida 2ta gol urishga muvaffaq bo‘lishdi.
Ikkinchi taymda esa, O‘zbekiston jamosi ustozi Samvel Babayan o‘yinchilar tarkibiga bir necha o‘zgartirishlar kiritdi. 78 minutda yangi maydonga tushgan Timur Hakimov to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘naltirib hisobni tenglashtirdi.
Lekin jamoa uzoq vaqt hisobni ushlab tura olmadi, 82 daqiqada Iroq hujumchisi O‘zbekiston darvozasiga yana bir gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Shunday qilib O‘zbekiston guruhni va chempionatni tark etadigan bo‘ldi, Iroq esa U-23 Osiyo chempionatining ¼ finaliga muddatidan oldin chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston birinchi o‘yinda ham Janubiy Koreya jamoasidan mag‘lub bo‘lgan edi.
3 va 4 o‘rinlar uchun bo‘ladigan keyingi o‘yin 19-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston Yaman terma jamoasi bilan uchrashadi.