TOShKENT, 18 yanv – Sputnik. Hozirgi kunda yer sharining aholi soni 7 milliarddan ziyod. Ulardan yarmi qashshoqlikda yashovchi aholi hisoblanadi. Ushbu 3,6 mlrd aholi 2010 yiildan hozirgi kunga qadar yanada qashshoqlashgan, deb xabar bermoqda Oxfam kambag‘allika qarshi kurash notijorat tashkiloti.
Dunyoning qashshoq yarimi oxirgi besh yilda bir trillion dollar mablag‘ yo‘qotgan bo‘lsa dunyoning eng boy qismi — 1,76 trillion daromad olgan. Shunday qilib, hozirgi kunda dunyodagi eng boy 62 kishining umumiy mablag‘i 3,6 milliard eng qashshoq aholining jami mablag‘iga teng. Besh yil oldin, yer sharining eng qashshoq yarimining umumiy mablag‘i, eng boy 388 kishi mablag‘iga teng edi.
Boylar va kambag‘allar orasidagi farqning keskin o‘sishining sababi, Oxfam fikriga ko‘ra, yirik korporatsiyalar va boylar uchun uchun soliq imtiyozlari, maoshlar va turli ijtimoiy to‘lovlar kamayishida.
Wikipedia ma’lumotiga qaraganda dunyoning eng kambag‘al qismi bu markaziy Afrika mamlakatlari, Afg‘oniston, Bangladesh va Laos hisoblanadi.
2015 yilda dunyoning eng boy odamlari esa, Forbs jurnali reytingi bo‘yicha: Bill Geyts, Karlos Slim Elu, Uorren Baffet va boshqalardir. Dunyoning eng boy 62 kishisidan teng yarmi AQSh fuqarolari, qolganlari Xitoy, Rossiya, Germaniya va boshqa mamlakat fuqarolardir.