O‘zbekistonda yirik shaharlar bosh plani qayta ko‘rib chiqiladi

Obuna bo‘lish
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish hisob-kitobi bilan bundan buyon Prognoz va Makroiqtisodiy Tadqiqotlar instituti javob beradi. Yangi bosh planlar har besh yilda qayta ko‘rib chiqiladi.

TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. O‘zbekiston hukumati mamlakatda eng yirik ma’muriy markazlar bo‘lgan Nukus, Andijon, Samarqand, Buxoro, Navoiy va Namangan shaharlar  bosh planini qayta ko‘rib chiqish haqida topshiriq berdi, O‘zbekiston Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi vakili xabariga ko‘ra.  

Rejaga ko‘ra, shaharlarning yangi ko‘rinishi uch bosqichda ishlab chiqiladi. 2017-yilda Andijon va Samarqandning yangi bosh rejasi paydo bo‘ladi, 2018-yilda Buxoro va Nukusning va 2019-yilda Navoiy va Namangan shaharlari yangi bosh planga ega bo‘ladi.

“Ushbu qaror ko‘pchilik tomonidan kutilgan edi. O‘zbekistonning asosiy ma’muriy markazlarida hozirgi kunda faol qurilish ishlari olib borilmoqda. Har doim ham ushbu ishlar kelajakda rivojlanish istiqbollarini hisob-kitobi bilan olib borilmayapti. Shuning uchun nafaqat shahar qurilish haqidagi hujjatlar ishlab chiqarish tartibini rivojlantirish, balki ularni oldindagi o‘nlab yillar istiqboli hisob-kitobi bilan olib borilmoqda”, — dedi mutaxassis.   

Buning uchun hukumat shahar bosh plani ishlab chiqarishning yangi tartibini tasdiqladi. Unga ko‘ra javobgarlik tanlangan to‘rt tashkilot orasida aniq taqsimlangan.

Bundan buyot Prognoz va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ijtimoiy-iqtisodiy izlanishlar uchun javobgar.

Ijtimoiy izlanishlar instituti sotsial infrastruktura xizmatlar, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarning rivojlanishi uchun javobgar bo‘ladi.

Hududda sanoat rivojlanishi istiqbollarini, mavjud bo‘lgan tabiiy va mineral-xom ashyo zahiralari asosida, “O‘zog‘irneftgazkimoloyiha” instituti belgilaydi.     

Yer zahiralaridan foydalanish va foydalanuvchilar tarkibini belgilash “O‘zdaverloyiha” Ilmiy-loyiha institutiga topshirildi.

Yangi bosh planlar ishlab chiqarish har besh yilda qayta ko‘rikdan o‘tadi, har o‘n yilda esa unga shahar qurilishining zamonaviy talablari va ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarga binoan kerakli o‘zgarishlar kiritiladi.

Bosh planlar ishlab chiqarish, shaharlar va posolkalarni mayda-chuyda tafsilotlarigacha rejalashtirish bilan faqat “O‘zshharsozlikLITI” va “ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonalari tomonidan amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0