TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. “Angela Merkelga jinnilarning maxsus ko‘ylagini kiydirib, prezidentlik lavozimidan olib tashlash kerak”, deb ta’kidladi “Germaniya uchun alternativa” partiyasi Turing bo‘linmasi rahbari Byern Xoke. U o‘zining ushbu ta’kidini hukumat migratsiya siyosatiga qarshi Erfurtda o‘tkazilgan norozilik namoyishlari vaqtida aytdi, RIA Novosti, Focus nashri ma’lumotlari asosida.
"Germaniyani ahmoqlar boshqarmoqda", — qo‘shimcha qildi u.
Politsiya taqdim etgan ma’lumotlarga qaraganda, ushbu namoyishda partiyaning 2400ga yaqin tarafdorlari ishtirok etishgan.
Sal keyin, yana 500 kishi ushbu mitingga qarshi norozilik namoyishi bilan chiqqan. Hech qanday tartibbuzarliklar qayd etilmagan, deb yozadi Focus nashri.
Eslatib o‘tamiz, 2015-yilda Germaniya 1,1 millionga yaqin qochoqlarni qabul qilgan edi.