Rossiyada ishlab chiqarilgan bu vaksina 1 million 200 ming so‘m turadi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishRossiya mediklari Ebola bezgagiga qarshi vaksinani ishlab chiqishdi.
Rossiya mediklari Ebola bezgagiga qarshi vaksinani ishlab chiqishdi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan sal oldin Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu vaksina jahondagi analoglariga nisbatan yuqori samarani ko‘rsatganini ta’kidlagan edi.

TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Ebola virusiga qarshi Rossiyada ishlab chiqarilgan vaksinaning bitta dozasi 12-14 ming rubl(1 million 200 ming so‘m) atrofida turadi, xabar qildi faxriy akademik Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya federal ilmiy-tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburg.

“Bitta dozaning tan narxi — 12, 14 ming rubl", — dedi Ginsburg jurnalistlarga va bu narx kelajakda rubl kursi ko‘rsatkichiga qarab o‘zgarishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

2014 yilning fevralida Gvineyada Ebola bezgagi epidemiyasi qayd etilgan edi. So‘ngra virus qo‘shni Syerra-Leon va Liberiya davlatlarida tarqaldi. Mana shu uchta mamlakatda avj olgan Ebola bezgagi tufayli 11 ming nafar inson hayotdan ko‘z yumdi, 28 mingdan ziyod kishi ushbu xavfli virusni o‘ziga yuqtirib oldi.

 

Yangiliklar lentasi
0