TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Iqtisodiyot rivojlanishi vazirligi oldin e’lon qilingan 2016-yil iqtisodiy rivojlanish bashoratini o‘zgartirdi. Yangi bashoratga ko‘ra Rossiya YaIMi kutilgan 0,7 % o‘sish o‘rniga 0,8 %ga kamayadi. Dollarnin o‘rtacha narxi 68,2 rublni tashkil qildi, Urals markali neftning o‘rtacha narxi – 40 $, inflyatsiya darajasi 8,5 % ni tashkil iilishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda RIA Novosti “Vedomosti” gazetasiga asosan.
Hujjat ma’lumotlariga qaraganda, Rossiyaliklar kabag‘allashishda davom etadi, oyliklar 3,5 % ga kamayadi, ishsizlik 6,3 %ni tashkil qiladi. Ishlab chiqarish kutilgan 0,6 %ga o‘sish o‘rniga 0,4 %ga kamayadi.
Yangi iqtisodiy bashoratga ko‘ra bu yil Rossiyadan investitsiyalar chiqib ketish hajmi 50 mlrd. Dollarni tashkil qiladi.
Rossiya hukumati 2016-yil davlat budjetiga 533 mln tonna neft qazib olish rejalashtirilgan. Oldingi hisob kitob bo‘yicha Rossiya budjetida neftning narxi 50 $ bo‘lishi ko‘zda tutilgan, lekin dunyo bozorida hozir neft narxi 31 $ atrofida.
Rossiya moliya vaziri ushbu vaziyatni hisobga olib, davlat budjetini neftning narxini 40 $dan hisoblab qayta ko‘rib chiqishga va neft narxi 30 $gacha tushib ketishi mumkinligini haqida og‘ohlantirdi.