FAS Gazprom reklamasidan “milliy boylik” iborasini olib tashlashga majbur qildi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishSurgutdagi Gazprom ofisi
Surgutdagi Gazprom ofisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Monopoliyalarga qarshi federal xizmati (FAS) Gazprom reklamasidan “milliy boyligi” iborasini olib tashlashga majbur qildi. Muassasa rahbari Artemyevning fikriga ko‘ra gaz yoki odamlar milliy boylik bo‘lishi mumkin, lekin kompaniya emas.

TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Rossiyaning Monopoliyalarga qarshi federal xizmati (FAS) rahbari Igor Artemyev ta’kidlashiga ko‘ra, uning tashabbusi bilan “Gazprom” o‘z reklamasdan “milliy boylik” iborasini olib tashlashga majbur bo‘ldi.  

“Odamlar yoki gaz boylik bo‘lishi mumkin, lekin kompaniya emas”, — deb tushuntirdi Artemyev jurnalistlarga payshanba kuni.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Putinning Kirishidagi kengashi protokolida FAS rahbari Artemyevning tashabbusi “inobatga olinsin” deyilgan edi, lekin reklamadan ushbu ibora olib tashlansin deyilmagan. Usha yig‘ilishdan keyin ancha vaqt o‘tdi. Yarim yil oldin Artemyev teleekranlardan “Gazprom – milliy boylik” reklama shiori yo‘qolib qolganini sezdi.

O‘sha vaqtlarda Bosh vazir lavozimida ishlagan, Vladimir Putin rahbarligidagi kengash Kirishida 2012-yilda bo‘lib o‘tgan edi. Kengashda Artemyev “Gazprom”ni tanqid qilgandi. Xususan u  Rossiyaning ichki bozorida gazning chakana savdosini “Gazprom” ixtiyoridan chiqarish tashabbusi bilan chiqqan edi.

Yangiliklar lentasi
0