Qutqaruvchilar Yenisey darosidan 20-yil oldin yo‘qolgan odamlar tanasini topishdi

© Sputnik / Sergey Subbotin / Mediabankka o‘tishKrasnoyarskdagi ko‘prik.
Krasnoyarskdagi ko‘prik. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
1995 yilda dom-draksiz yo‘qolgan deb e’lon qilingan erkak va ayolning tanalari Yenisey darosida cho‘ktirilgan avtomobil ichidan topildi.

 

TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Rossiyalik qutqaruvchilar, o‘quv-mashg‘ulot vaqtida Yenisey tubiga sho‘ng‘ish chog‘ida daroning Krasnoyarskka yaqin joyida, 20-yil oldin dom-daraksiz yo‘qolgan erkak va ayolning tanasiga duch keldilar. Ularning tanalari chet el rusumidagi avtomobilda bo‘lganligi ma’lum, xabar qiladi Ichki ishlar vazirligi Krasnoyarsk bo‘limi rasmiy vakili Vladimir Yurchenko.

"Suvga sho‘ng‘ish chog‘ida loyqa bilan to‘lib qolgan mashina, uning ichida esa tanalar borligi aniqlandi. Mavjud ma’lumotlarga qaraganda, tanalar 1957-yilda tug‘ilgan erkak va 1965-yilda tavallud topgan ayollarga tegishli. Ular 1995-yilda dom-daraksiz yo‘qolgan deb e’lon qilingan edi. “Ular Kirov tumanidan qayoqqadir yo‘lga chiqib, daraksiz yo‘qolgan edilar”, — dedi Yurchenko.

Ushbu ish yuzasidan 1996-yilda jinoiy ish qo‘zg‘atilgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0