Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha Rossiya – O‘zbekiston ishchi guruhi tuziladi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Rossiyaga sabzavot, konservalar va vino mahsulotlari yetkizib berib, Rossiyadan guruch va yog‘ mahsulotlari import qiladi. Ikki mamlakat orasida qishloq xo‘jaligi Rossiya-O‘zbek ishchi guruhi tuziladi.

TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Rossiya bozorida sabzavot va konserva mahsulotlari ehtiyojini to‘ldirishi mumkin, deb xabar berdi Qishloq xo‘jaligi vazirligi.

O‘zbekistondan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hajmini oshirish masalalari O‘zbekiston davlat korporatsiyalari rahbarlari va Rossiya qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Yevgeniy Gromiko va vazir o‘rinbosari Sergey Levin bilan bo‘lgan uchrashuvda muhokama qilingan edi.

“O‘zbekiston Rossiyaga yetkizib berilayotgan qishloq xo‘jalik va konserva mahsulotlari hajmini sezilarli darajada oshirib ushbu mahsulotlarga bo‘lgan Rossiya ehtiyojini to‘liq yopishi mumkin”, — deyilgan xabarda.

Shu qatorda, O‘zbekiston vino va vino mahsulotlari eksporti hajmini oshirishi mumkinligini bildirdi. O‘z navbatida Rossiyadan guruch va yog‘-moy mahsulotlari import qilish imkoniyati borligini bildirdi.

Tomonlar qishloq xo‘jaligi bo‘yicha O‘zbekiston — Rossiya ishchi guruhi tashkil qilishga kelishib olishdi. Ushbu guruh vazirliklar orasidagi munosobatlarning unumli uslubiga bo‘lib kelajakda mamalakatlar orasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirishning samarali omiliga aylanadi.

 

 

Yangiliklar lentasi
0