TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. «O‘zbekkino» milliy agentligining yangi rahbari etib O‘zbekiston Madaniyat va Sport ishlari vazirining sobiq o‘rinbosari Otabek Musayev tayinlandi, deb xabar bermoqda kultura.uz
“O‘zbekkino”ning asosiy vazifasi milliy kino san’atining rivojlanish ro‘nalishlarini belgilash va Davlat film fondining faoliyatini tashkil qilishdir. Agentlik 1996-yildan buyon faoliyat ko‘rsati kelmoqda.
“O‘zbekkino” MA 2015-yilda O‘zbekiston hududida zamonaviy Yaponiya kinosi kunlari va Xitoy kinosi kunlari va “O‘zbekistondak Yevropa kinosi kunlari” kinofestivallari tashkil qilindi.
Undan tashqari agentlik chet ellarda o‘zbek kinosini tag‘ib qilish bilan shug‘ullanadi. 2015-yilda O‘zbekiston filmlari Qirg‘izistonning Bishkek shahrida, Rossiyaning Ufa shahrida va Angliyaning London shaharlarida o‘tkazildi.