Samarqand viloyatida noqonuniy taksichilar bilan kurash boshlandi

© Sputnik / Aleksandr Utkin / Mediabankka o‘tishZnak taksi
Znak taksi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarkand viloyatida 1,5 ming taksichilar yo‘lovchilarga noqonuniy ravishda xizmat ko‘rsatadi. Avtomobillar turar joylari yo‘q qilinganidan buyon bu transport tiqinlariga sabab bo‘lmoqda.

TOShKENT, 14 yanv  — Sputnik. Samarqand viloyatida noqonuniy taksichilar bilan kurash va transport tizimini yaxshilash choralari ishlab chiqildi, deb xabar bermoqda viloyat hokimiyati vakili.

YHXB va Soliq xizmati vakillari birgalikda o‘tkazgan tekshiruv tadbirlarini kuchaytirish niyatida. Ushbu maqsadda tumanlarda maxsus tekshiruvchi guruhlar tashkil qilinmoqda.  

O‘tgan yil yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati monitoringi o‘tkazilgan edi. Uning natijasida jiddiy muammolar borligi  ma’lum bo‘ldi. Huquqni saqlash organlari ma’lumotiga qaraganda, viloyat hududida litsenziya olmasdan va texnik va tibbiyot ko‘rigdan o‘tmasdan 5 mingga yaqin taksichilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular odamlar ko‘p to‘planadigan joylarda avtomobil turar joylari tashkil qilib YHQ buzilishi va transport tiqinlari sababi bo‘lmoqda.

Maxsus tashkil qilingan tekshiruvchi guruhlar yo‘llarda yoppasiga tekshirishlar o‘tkazib 145 ming transport vositalarini ko‘rigdan o‘tkazishdi. Ulardan 1,5 mingi yo‘lovchilarni noqonuniy ravishda tashiyotganligi ma’lum bo‘ldi, 472 – kerakli hujjatlarsiz, 517tasi esa o‘rnatilgan gaz ballonlari kerakli tartibda tekshiruvdan o‘tkazilmagani ma’lum bo‘ldi.

Tekshiruvlar natijasida 59 kishi avtomobilni mast holda boshqarayotganligi, 31 kishi texnik nosoz bo‘lgan avtomobilni boshqarganligi, 41 kishi kunlik texnik ko‘rigdan o‘tmaganligi, 37 kishi kunlik tibbiy ko‘rigdan o‘tmaganligi aniqlanib javobgarlikka tortildi.

Yo‘lovchi tashishga ixtisoslashgan xususiy korxonalar faoliyatiga alohida e’tibor beriladi. Ularning rahbarlari transport voistalarining tozaligi, texnik holati, haydovchilarning tibbiy ko‘rigdan o‘tkazilishi va madaniy munosobati hamda belgilangan grafiklar bo‘yicha harakatlanishi uchun shaxsiy javobgarlikka tortiladi.

Korxona rahbarlariga har bir avtobus uchun 2 konduktor tayinlash, ularning xulq atvoriga alohida e’tibor berish tayinlandi. Viloyat ma’muriyati shu bilan, bir vaqtda transport korxonalari rahbarlari uchun, ularning professional tayorgarligini, sohada amal qiluvchi qonun normalarni bilishiga maxsus attestatsiya jarayoni o‘tkazishni rejalashtirgan.

Viloyat Sanitariya va epidemiologiya nazorati xizmati doimiy ravishda yo‘lovchi tashiydigan barcha transport vositalarining tozaligini tekshiruvda o‘tkazib turadi.

Viloyat ma’muriyati Samarqand xalqaro aeroporti, temir yo‘l vokzali va Avtovokzalida xavfsizlik choralarini kuchaytirishga katta e’tibor bermoqda. Ushbu maqsadda mahalliy IIB, mahalla qo‘mitalari, fuqarolar, boshqa tashkilotlar va aholi orasida transportda, aholi ko‘p to‘planadigan joylarda, vozal va avtostansiyalarda, bozorlarda va savdo markazlarida xavfsizlik choralari borasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Bugungi kunda Samarqand viloyatida yo‘lovchi tashishga ixtisoslashgan 142 korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular umumiy 5300 avtoulov ga ega bo‘lib ulardan 800ta avtobus, 2100ta mikroavtobus va 2400 taksilardan iborat.

 

Yangiliklar lentasi
0