TOShKENT, 14 yanv – Sputnik. AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter Eron va Rossiyani navbatdagi bor Suriya prezidenti Asad Basharni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishga chaqirdi, xabar qiladi RIA Novosti.
Mudofaa vazirining so‘zlariga qaraganda, Suriya prezidentini qo‘llashni to‘xtatibgina, mamlakatdagi radikal oqim va terrorchilik kabi illatni tag-tubi bilan yo‘q qilishga erishish mumkin.
"Rossiya va Eron terrorchilikka qarshi kurashda noto‘g‘ri yo‘lni tanlashgan. Suriyadagi radikal oqimlar va terrorchilikning sababchisi bo‘lmish — Asad Basharni qo‘llab-quvvatlash to‘xtatilsa, hammasi o‘zgaradi", — ta’kidladi Karter, chorshanba kuni Kentukkidagi Fort-Kempbell harbiy bazasida chiqishi vaqtida.
O‘tgan yilning 30-sentabridan boshlab Rossiya prezident Bashar Asad talabiga muvofiq Suriyada “Islom Davlati” va “Jabhat an-Nusra” terrorchilik uyushmalari obyektlari bo‘yicha aviazarbalar berishni boshlagan edi. Ushbu davr mobaynida Rossiya Harbiy-kosmik kuchlari Kaspiy flotiliyasi kemalari ishtirokida bir necha yuzlab jangarilarni hamda minglab terrorchilar obyektlarini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Suriya qo‘shinlari va vatanga fidoyi ko‘ngilli askarlar Rossiya aviatsiyasi ko‘magida terrorchilar pozitsiyalariga hujumlarni amalga oshirib kelmoqda. Rossiya Harbiy Kuchlari Bosh shtabi ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi 1,5 oy ichida Suriyada 150ta aholi punktlari terrorchilardan ozod qilingan. Ammo shu bilan bir qatorda, xalqaro uyushmalar qarshiligiga qaramay, terrorchilar Turkiyadan ko‘mak olishda davom etmoqda.
Rossiya Harbiy Kuchlari bilan bir qatorda AQSh boshchiligidagi koalitsiya ham Suriyada “ID” uyushmalariga qarshi aviazarbalarni amalga oshirib kelmoqda. Ammo Rossiyadan farqli o‘laroq, AQSh bu zarbalarni amalga oshirish uchun Suriya hukumatining rasmiy ruxsatini olmagan. Rossiya va AQSh boshchiligidagi koalitsiya o‘rtasida yaqin koordinatsiya ham mavjud emas. Ular faqatgina samolyotlar uchish vaqti borasida o‘zaro ma’lumot almashib turishadi.
Shu bilan bir qatorda, G‘arb Rossiya terrorchilar obyektlari bilan bir qatorda, mamlakatdagi o‘rtacha oppozitsiya obyektlarini ham nishonga olayotganlikda ayblab kelmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligi G‘arbning bu ta’kidlarini assosiz, deb hisoblaydi.