Venesuelaning birinchi xonimi AQSh hukumati odam o‘g‘irlaganini aytdi

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka o‘tishSiliya Flores - Venesuela Respublikasi prezidenti rafiqasi.
Siliya Flores - Venesuela Respublikasi prezidenti rafiqasi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Venesuelaning birinchi xonimi Amerika giyohvand moddalarga qarshi kurash Boshqarmasi(DAE) uning jiyanlarini o‘g‘irlab ketganini ma’lum qildi.

TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Venesuela prezidentining rafiqasi Amerika giyohvand moddalarga qarshi kurash Boshqarmasi uning jiyanlarini qo‘lga olayotganda qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yganini ta’kidlamoqda. Siliya xonim buni sudda isbotlash niyatida, RIA Novosti, Reyter agentligi ma’lumoti ga ko‘ra.

Franki Fransisko Flores de Freytas va Efrain Antonio Kampo Floreslar Gaiti politsiyasi tomonidan Port-o-Prensda o‘tgan yil noyabr oyida hibsga olingan va AQSh hukumatiga topshirilgan.

Birinchi xonimning jiyanlariga chet davlatdan AQSh hududiga besh kilogrammdan ortiq kokain moddasi olib kirib, tarqatmoqchi bo‘lganlikda ayblangan. Bu kabi jinoyatlar uchun Qo‘shma Shtatlarda umrbod qamoq jazosi berilishi mumkin.

Hibsga olingan vaqtdan besh hafta o‘tib, Floresning jiyanlari Manxettenda sud qilindi va ular aybsiz deb topildi.

"Biz Amerika giyohvand moddalarga qarshi kurash Boshqarmasi Venesuela hududida suverenitetimizga dahl qilgan holda harakat qilganligidan xabardormiz. Ular odam o‘g‘irlagan, buni himoyachilarimiz isbotlaydi”, — deb ta’kidlamoqda hozirda Flores xonim.

 

Yangiliklar lentasi
0