TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Amerikaning Pensilvaniya shtatida politsiya xodimi tasodifan 12 yashar qizaloqni otib qo‘ydi, RIA Novosti NBC xabariga ko‘ra.
Qiz bolaning otasi majburiy ko‘chib chiqish haqida bildirish qog‘ozini olib kelgan politsiyachi Klark Stilni qo‘lida miltiq bilan qarshi oldi. Bunga javoban politsiyachi ham o‘q ochishga qaror qildi. Huquqni muhofaza qilish xodimi o‘q ochgan vaqtda qizaloq otasining orqasida turgan edi. Erkakning qo‘lini yalab o‘tgan o‘q, qizga tegdi. Olgan jarohati tufayli qiz voqea joyida halok bo‘ldi.
"Afsuski, konstebl (Amerikada politsiyachilarning quyi unvoni, tahr.) shunday holatda qolgan-ki, u o‘t ochishga majbur bo‘lgan. Ming afsuski, bu jajji qizaloq o‘sha vaqtda otasining orqasida tasodifan paydo bo‘lgan”, — ta’kidladi politsiya vakili.
Qonun posboniga ayblovlar qo‘yilishi ayni vaqtda noma’lumligicha qolmoqda. Ammo ro‘y bergan hodisa yuzasidan tergov ishlari boshlangan.