TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. AQSh prezidenti Baraka Obama Suriya va Ukrainani “mijoz davlatlar” deb atadi va AQShda bu bilan tushunmovchilik sababiga ayalandi.
“Iqtisodi qisqarib borayoganiga qaramasdan, Rossiya o‘z “mijozlari” bo‘lgan Ukraina va Suriyani qo‘llab quvvatlashga mablag‘ yo‘llamoqda. Ushbu davlatlar bo‘lsa Rossiya ko‘z oldida uning ta’siridan chiqib ketmoqda”, — dedi Obama.
Shuni aytish kerak-ki, oldindan e’lon qilingan prezident nutqida “mijoz” so‘zi yo‘q. Bu Obamaning shaxsiy improvizatsiyasi bo‘ldi va AQShda ko‘plab tushunmochilikka sabab bo‘ldi.
Xususan, Illinoys shtati kongressmeni Piter Roskem bu borada “Bizning do‘stimiz va ittifoqchimiz Ukrainani Rossiyaning “mijozi” deb atalishi, geosiyosiy vaziyatnitushunmaslik belgisi”, — dedi o‘zining Twitter ida.
Rossiya AQSh va YeIdan farqli o‘laroq, Ukrainaning ichki ishlariga hech qachon aralashmagan va bu boradagi YeI va AQShning tuhmatini doimo inkor qilib kelgan. Ukraina janubi-sharqidagi muxolifat paydo bo‘lishida ham Rossiyaning aloqasi yo‘q. Ular Ukrainaning yangi millatchi hukumati hatti-harakatidan norozolik evaziga vujudga keldi. Rossiya muxolifatga faqat gumanitar yordam ko‘rsatib kelmoqda.
Suriyada esa, Rossiya terrorchilikka qarshi kurashib, nafaqat Suriya xalqini “Islom davlati” terrorchilar guruhi ta’siridan ozod qilmoqda, balkim butun MDH hududini kelajakda mumkin bo‘lgan terrorchilik xavfidan himoya qilmoqda.