TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Moskvadagi Markaziy Kino uyida SSSR xalq artisti, kinorejsser Shuxrab Abbosovning 85-yillik yubiley kechasi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda Moskvadagi O‘zbek milliy-madaniy avtonomiyasi sayti.
18 yanvar kuni taniqli madaniyat va shou biznes arboblari xizmat ko‘rsatgan rejisserni sahnadan turib tabriklashadi. Tadbir Rossiya Kinematografchilar Uyushmasi, Rossiya Filmlar fondi, Kino akterlari gildiyasi va UzTvRus tomonidan tashkil qilingan.
“Shuhrat Abbosovning asarlari tufayli ko‘p millatli Sovet Ittifoqi O‘zbek madaniyati va urf-odatlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi. Uning filmlari, doimiy zarur bo‘lgan gumanizm va xalqlar orasida do‘stlik his-tuyg‘ulari bilan to‘lib toshgan”, — deyilgan Moskvadagi O‘zbek avtonomiyasi xabarida.
Sovet o‘zbek rejisseri, sseriy muallifi, pedagog va Xalq Artisti Shuxrat Abbosov 1931-yil 16-yanvarda Qo‘qonda tug‘ilgan. Hozirgi kunda Manon Uyg‘ur nomli O‘zbekiston san’at va madaniyat institutida dars bermoqda.